O‘zbekistonga kelgan Prezidentlardan umid qilsa bo‘ladimi?
Intervyu
−
11 noyabr 2023
12577Ma’lumki, joriy yilning 8-9 noyabr kunlari poytaxt Toshkent Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitiga mezbonlik qildi. Xo‘sh, bu qanday tashkilot? U O‘zbekistonga va unga a’zo davlatlarga nima beradi? Sammitda qanday masalalar ko‘tarildi, yechimlar qanday bo‘ldi? O‘zbekiston navbatdagi xalqaro platformada ham qo‘shni Afg‘oniston muammosini ko‘tarib chiqish orqali nimaga erishmoqchi? Faqat Turkiya dastaklayotgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasining ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomini olishi nimani anglatadi? Xuddi shu savollar bilan QALAMPIR.UZ siyosatshunos, professor Sayfiddin Jo‘rayevga yuzlandi.
Ma’lumot uchun, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti – a’zo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilotdir. U 1964 yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan “Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish” nomi bilan tuzilgan.
Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun o‘z faoliyatini to‘xtatgan. 1985 yilda “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti” nomi bilan qaytadan o‘z faoliyatini boshladi. 1992 yilning 28 noyabrida Islomobod shahrida a’zo davlatlar Tashki ishlar vazirlari kengashining favqulodda yig‘ilishida Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlari IHTga a’zo bo‘lgan.
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov va IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etdi.
Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ'ning YouTube sahifasida yoki yuqoridagi videopleyerda tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi