8 hududda yana 200 ga yaqin odam koronavirusga chalindi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2020
7883Bugun, 15 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 197 nafarga oshib, 48 192 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
117 nafari Toshkent shahrida;
30 nafari Namangan viloyatida;
20 nafari Toshkent viloyatida;
12 nafari Samarqand viloyatida;
10 nafari Xorazm viloyatida;
5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
2 nafari Farg‘ona viloyatida;
1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli N.Q. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 42 yoshli O.B. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 44 526 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3 266 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 451 nafari og‘ir, 243 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi