76-Kann kinofestivali g‘oliblari aniqlandi (fotoreportaj)

Madaniyat-san’at

image

Joriy yilning 27 may kuni Fransiyaning Kann shahrida boshlanganiga 1 haftadan oshgan 76-Kann kinofestivali yakunlanib, tanlov g‘oliblari e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, kinoko‘rik tashkilotchilari asosiy tanlovda ishtirok etish uchun turli mamlakatlardan 21 ta filmni tanlab olgan. Tanlov ishtirokchilarining ishlari shved rejissyori, festivalning ikki karra g‘olibi Ruben Estlund boshchiligidagi hakamlar hay’ati tomonidan baholangan.

Quyida 76-Kann xalqaro kinofestivalining oltin palma statuyetkasini qo‘lga kiritgan g‘oliblari bilan tanishishingiz mumkin.

Eng yaxshi film uchun –“Qulash anatomiyasi”, rejissyor Jyustin Triye

Gran-pri – “Qiziqish zonasi”, rejissyor Jonatan Gleyzer

Hakamlar hay’ati mukofoti – “Xazon bo‘lgan barglar”, rejissyor Aki Kaurismyaki

Eng yaxshi rejissyor – Tran An Xung – “Doden Buffanning ishtiyoqi”

Eng yaxshi ssenariy – Yudzi Sakamoto – “Monster”, rejissyor Xirokadzu Koreeda

Eng yaxshi ayol roli – Merve Dizdar – “Quruq o‘tlar haqida”, rejissyor Nuri Bilge Jeylan

Eng yaxshi aktyor – Kodzi Yakusyo – “Mukammal kunlar”, rejissyor Vim Venders

Eng yaxshi debyut uchun – “Sariq pilla qobig‘ining ichida”, rejissyor Pham Tiyen An

Eng yaxshi qisqa metrajli film – “27”, rejissyor Anna Flora Buda

Ta’kidlanishicha, bu yilgi festival Fransiyada yanvar oyi oxiridan beri eng kam pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga ko‘tarish bo‘yicha hukumatning islohoti rejasiga qarshi norozilik namoyishlari ostida kechayotgan keskinlik fonida o‘tdi. Natijada xavfsizlik choralari kuchaytirilib, shaharda xizmat qilish uchun qo‘shimcha 1000 nafar politsiya va jandarm xodimlari ajratilgan. Huquq-tartibot idoralari shahardagi tartibni ham onlayn nazorat qilish maqsadida Kannda 800 dan ortiq videokuzatuv kameralarini o‘rnatgan.

Ma’lumot uchun, birinchi Kann kinofestivali 1939 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Uni tashkil etish g‘oyasi 1932 yilda tug‘ilgan, ammo uni amalga oshirish Ikkinchi jahon urushi tufayli to‘xtatilgan. Natijada birinchi festival 1946 yilda bo‘lib o‘tgan va har yili o‘tkazish an’anaga aylangan. 1948 va 1950 yil esa bundan mustasno. Festival tarixida ilk bor 2020 yilda pandemiya sababli gibrid formatda mukofotlarsiz o‘tkazilgan edi. Biroq o‘sha paytda tanlovga taqdim etilgan filmlar festival brendi ostida chiqish huquqini olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Kann Kann xalqaro kinofestivali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing