75-o‘lim. SSV ichki ishlar podpolkovnigi o‘limi haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
16 iyul 2020
14403Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi podpolkovnigi boshqa kasalliklar sabab davolanayotganda koronavirusga chalingani ham ma’lum bo‘lgani va vafot etgani haqida xabar bergan edik. Sog‘liqni saqlash vazirligi ichki ishlar xodimining o‘limi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Bildirilishicha, Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi 42 yoshli fuqaro T.A. (erkak) shu yilning 29 iyundan 12 iyulga qadar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining jarrohlik bo‘limida o‘tkir pankreatit, o‘t qopi jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash amaliyoti, gemoragik pankranekroz, oshqozon osti bezini drenajlash tashxisi bilan davolangan. Shuningdek, bemordan COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.
Unga o‘tkir total yog‘li pankreonekroz, o‘tkir xoletsistit, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramasdan, ikki tomonlama pnevmoniyadan vafot etgan.
LiveBarchasi