74-o‘lim. Gulistonlik erkak Toshkentda vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu mamlakatda COVID-19 infeksiyasidan vafot etgan 74-bemor bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Guliston shahrida yashovchi 67 yoshli fuqaro A.A. (erkak) tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, umumiy holsizlik sababli COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan. 5 iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va shu kuni Toshkent shahridagi Ibn Sino nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

12 iyul kuni o‘tkir nafas yetishmovchiligi hisobiga reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay, bemor ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sababli vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

229

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing