73 yoshli onaxon vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkentda navbatdagi koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Mamlakatda rasman e’lon qilingan koronavirus qurbonlari soni 126 nafarga yetdi.

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli U.T. (ayol)  12 iyul kuni COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Bemorda o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, koronavirusli ensefalit va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari kuzatilgan.

Shu bilan birga bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar aniqlangan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, sepsis va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing