+72. Qashqadaryoda bir korxonaning 28 ishchisi koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 nafarga ko‘payib, 4695 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 18 nafari Navoiy viloyatida, Toshkent shahri va Namangan viloyatida 3 nafardan aholi orasida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxonaning 28 nafar ishchisida aniqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 3532 nafar bemor sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmokda 

Hozirda mamlakatda 1144 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

854

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing