70 nafar koreys millatiga mansub kishilarga O‘zbekiston fuqaroligi berildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22 aprelda imzolangan Farmoniga asosan O‘zbekiston fuqarolari safi yana 265 nafarga ko‘paydi. Ular orasida 70 nafar koreys millatiga mansub fuqarolar ham bor. 

Bu O‘zbekistonda olib borilayotgan insonparvarlik va bag‘rikenglik siyosatining yorqin namunasi sifatida xalqlarimiz o‘rtasidagi yaqin do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida inson manfaatlarini ta’minlash, xalqni rozi qilish mujassam. 

O‘zbekistonda ko‘p yillardan buyon yashab kelayotgan, o‘zi va oilasi taqdirini O‘zbekiston bilan bog‘lagan shaxslarga mamlakat fuqarosi bo‘lish imkoniyatining yaratilishi esa, ushbu xayrli ishlarning mantiqiy davomidir.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Janubiy Koreya

Baholaganlar

27

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing