O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 75 %ga o‘sdi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2019
4262Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 1,8 mlrd AQSH dollarini tashkil qilgan. Natijalar esa o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan ko‘rsatgichlar 75% foizga o‘sganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva o‘rtasida kechgan uchrashuvda so‘z borgan.
Uchrashuv bugun, 16 oktyabr kuni “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 12-hamkorlik forumida doirasida o‘tgan. Mazkur forumda ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Nur-Sulton shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva bilan uchrashdi.
Vazirlar joriy yil 18-21 aprel kunlari Prezident Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari doirasida erishilgan ko‘p qirrali kelishuvlarni bajarishning borishini ko‘rib chiqdilar.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning o‘suvchan ahamiyati mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda qo‘shma investitsiya hamda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish mexanizmlari, “elektron hukumat”ni joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi jabhalaridagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
LiveBarchasi