Shavkat Mirziyoyev Koreyaga safar qiladi
Jamiyat
−
28 yanvar 2021
10533O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda bugun, 28 yanvar kuni ikki davlat rahbarari sammitida so‘z bordi.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqdi.
“Prezident Mun Chje In Prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda Koreya Respublikasiga tashrif bilan kelish to‘g‘risidagi taklifini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Sammit davomida O‘zbekiston Prezidenti rasmiy Seulning Koreya yarim orolidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlarini doimo qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Tomonlarning mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish bo‘yicha tashabbuslari yuksak baholandi.
Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgandi.
LiveBarchasi