70 nafar bolani olib ketayotgan avtobus ag‘darildi
Olam
−
10 fevral 2020
10312Chexiyada ichida 70 nafar bola bo‘lgan ekskursiya avtobusi ag‘darilib ketdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Tyez yordam xizmati vakili Prokop Volenikning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, 70 ga yaqin bolani olib ketayotgan ikki qavatli avtobus Chexiyaning g‘arbiy qismida joylashgan Louni shahri yaqinida ag‘darilib ketgan. Aksar bolalar yengil jarohatlangan. Biroq uchtasining ahvoli og‘ir.
"Noaniq sabablarga ko‘ra, sayyohlik avtobusi zovurga tushib ketdi. U yerda 70 nafar bola bo‘lgan, bolalarning ba’zilari yengil jarohatlar olgan, shuningdek umuman jabrlanmaganlari ham bor. Ammo uch nafar bola biroz jiddiy tan jarohati olgan”, deydi Volenik.
Politsiya mazkur ko‘chada transport harakatini vaqtincha to‘sib qo‘ygan va tergov harakatlarini boshlagan.
LiveBarchasi