7 yoshli uchuvchi Ilon Mask bilan birgalikda Marsga uchishni xohlamoqda

Olam

image

Ugandada 7 yoshli bola aviatsiya sohasidagi bilimlarini namoyish etib, shov-shuvga aylandi. Bu haqda "Reuters"ga asoslanib xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, bolaning ismi Grem Shema. U Cessna 172 samolyotida amaliyotchi uchuvchi sifatida uch marta parvoz qilgan. Bolakay Uganda Transport vaziri va Germaniya elchisi tomonidan uchrashuvga ham taklif qilingan. 

Grem kosmonavt bo‘lishni va Marsga borishni istashini aytgan. 

"Mening kumirim - Ilon Mask. Men undan kosmik narsalar haqida ko‘proq bilishni va u bilan birga Qizil sayyoraga uchishni xohlayman", degan bola.

Gremning onasi Shamim Mvanayshaning aytishicha, u uch yoshligida pastlab uchgan politsiya vertolyoti buvisining uyi tomini uchirib yuborgan. O‘sha daqiqadan boshlab, bolada uchuvchilikka qiziqish paydo bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili Mvanaysha mahalliy aviatsiya akademiyasiga o‘g‘lining hujjatlarini topshirgan va Grem besh oy davomida samolyotlarning xususiyatlari to‘g‘risida ma’ruzalar tinglagan. 

Joriy yilning yanvar oyidan mart oyigacha bola ikkinchi uchuvchi sifatida uch marta samoga parvoz qilgan. O‘shandan beri u aviatsiya nazariyasi va kosmik tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi. 

Jurnalistlarning fikriga ko‘ra, Gremni bemalol dunyodagi eng yosh uchuvchilardan biri deb atash mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Uganda uchuvchi

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing