7 ta mamlakat IBA a’zoligidan chetlatildi
Sport
−
23 may 2023 15594 1 daqiqa
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) turli sabablarga ko‘ra, 7 ta mamlakatni tashkilot a’zoligidan chetlatdi. Bu haqda IBA o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.
Yangi Zelandiya, Germaniya, Shvetsiya va Niderlandiya boks federatsiyalari IBA qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi va buyog‘iga tashkilot musobaqalarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Chexiya, Liberiya va Ekvatorial Gvineya mamlakatlari federasiyalari IBA'ga taqdim etiladigan yillik hisobotlarda xatolikka yo‘l qo‘ygani sababli endi tashkilot a’zosi hisoblanmaydigan bo‘ldi.
Barcha federatsiyalarga a’zolik qanday shartlar asosida tiklanishi haqida ma’lumot berildi va bu mamlakatlar bokschilari o‘zlarining milliy federatsiyalari IBA a’zoligidan chiqarilganiga qaramay, o‘z milliy ramzlari bilan tashkilot turnirlarida qatnashishi mumkin.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel