7 oyda AQSH chegarasida 3 mingga yaqin o‘zbekistonlik muhojir ushlandi
Olam
−
30 may
4379Yetti oy ichida AQSH chegarasida 3 mingga yaqin o‘zbekistonlik noqonuniy muhojir qo‘lga olingan. Bu haqda “Fox News” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 1 oktyabrdan hozirgi kungacha AQSHning janubiy chegarasida 57,2 ming noqonuniy muhojir qo‘lga olingan.
Ulardan 2,9 ming nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Ma’lum qilinishicha, asosan o‘zbekistonliklar O‘zbekiston – Turkiya/Ispaniya – Boliviya – Kolumbiya – Meksika – AQSH yo‘nalishidan foydalangan.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning oktyabr oyida o‘zbekistonliklar AQSH janubiy chegarasida noqonuniy kirishga uringani uchun hibsga olinganlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda qayd etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida amerikalik senator Stiv Deyns Markaziy Osiyo davlatlarining 40 ming fuqarosi boshpana berish bo‘yicha AQSHdagi sud jarayonini kutayotgani, shulardan 17 ming nafari o‘zbekistonliklar ekanini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr