7,5 soat Shvetsiya Bosh vaziri bo‘lgan ayol yana hukumat boshiga keldi

Olam

image

Shvetsiya parlamenti Sotsial-demokratik mehnat partiyasi rahbari Magdalena Anderssonni mamlakat Bosh vaziri lavozimiga qayta tasdiqladi. Anderssonga 173 deputat qarshi ovoz bergan — uning nomzodini rad etish uchun 175 ta ovoz kerak. 

Ta’kidlanishicha, Andersson parlamentdagi 349 o‘rindan atigi 100 tasiga ega bo‘lgan partiyasi keng koalitsiya tuza olmagani uchun ozchilikning Bosh vaziri bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 noyabr kuni parlament Anderssonning Bosh vazir lavozimiga nomzodini qo‘llab-quvvatlagan edi. Ammo oradan 7,5 soat o‘tgach, uni qo‘llab-quvvatlagan Sotsial-demokratlar va Yashillar koalitsiyasi quladi — va Andersson darhol iste’foga chiqdi. 

Ma’lumot o‘rnida, rasmiy inauguratsiyadan so‘ng Andersson Shvetsiya tarixidagi birinchi ayol Bosh vazirga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya Andersson

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing