65 million yillik dinozavr skeleti kutilganidan arzonga sotildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

AQSHda topilgan va bitta skeletga yig‘ilgan 300 ga yaqin Tiranozavr reks suyaklari Shveysariyaning Syurix shahridagi kim oshdi savdosida 4,8 million Shveysariya franki (5,3 million AQSH dollari)ga sotildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Uzunligi 11,6 metr va balandligi 3,9 metr bo‘lgan Tiranozavr reks Koller auksion uyida kutilganidan arzonga sotilgan. “Xaridor mukofoti” va komissiyalarni hisobga olgan holda, savdo 5,5 million Shveysariya frankini tashkil etgan.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Trinitiy deb nomlangan dinozavr suyaklari Montana va Vayomingdagi uchta joydan 2008 va 2013 yillar oralig‘ida to‘plangan. Koller auksion uyi sotuvga qo‘yilgan suyak to‘plami topilmalarning yarmidan ko‘pini tashkil qilishini ma’lum qilgan.

Aytilishicha, Tiranozavr reks Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qismida taxminan 65-67 million yil oldin yashagan. 

Ma’lumot uchun, 2021 yilda Parijdagi kim oshdi savdosida Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng katta deb e’lon qilingan, Katta Jon nomi bilan tanilgan Tritseratops skeleti xususiy kolleksiyachiga 6,6 million yevroga sotilgan.


Maqola muallifi

Teglar

dinozavr dinozavr skeleti kim oshdi savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing