64-o‘lim. Qashqadaryoda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu mamlakatdagi 64-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi, 56 yoshli B.V. (erkak) joriy yil 5 iyul kunidan 10 iyulgacha tana harorati ko‘tarilib, holsizlik kuzatilgan. 

11 iyul kuni esa tana harorati tushmay, holsizlik va yo‘tal kuchayganligi hamda nafas yetishmovchiligi belgilari paydo bo‘lganligi sababli “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Bemor og‘ir ahvolda viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasalli ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib,  yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing