6 viloyatda chang-to‘zon kuzatiladi – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
09:53 810 1 daqiqa
Bugun, 1 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol esib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi va issiq ob-havo saqlanib qolishi haqida xabar berilgan edi. h Shuningdek, O‘zbekistonda avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanishi, oyning ilk kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, keyinchalik esa 3–5 darajaga pasayishi kutilayotgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi