6 ta hududiy davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi
Jamiyat
−
19 noyabr 2019
6104Davlat soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘iga asosan 6 ta hududiy davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
Umurov Xusniddin Maxmudovich Jizzax viloyati Arnasoy tumani DSI boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
X.Umurov 1979 yilda Jizzax viloyati Forish tumanida tug‘ilgan. 2006 yili Jizzax politexnika institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2001 yilda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Axborot-maslahat markazida mutaxassislikdan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Maqsudov Nosirjon Murodilovich Farg‘ona viloyati Quva tumani DSI boshlig‘i etib tayinlandi.
N.Maqsudov 1984 yilda Farg‘ona viloyati Quva shahrida tug‘ilgan. 2007 yili Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2007 yilda Farg‘ona viloyati Quva tumani DSIda davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda faoliyat boshlaguniga qadar Farg‘ona viloyati Quva tumani DSI boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.
Turdiqulov Muxidinjon Sobirovich Qo‘qon shahar DSI boshlig‘i etib tayinlandi.
M.Turdiqulov 1965 yilda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1988 yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 1995 yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar DSI davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlagunga qadar Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Moliya bo‘limi mudiri sifatida ishlab kelgan.
Toshtemirov To‘lqin Toirjonovich Farg‘ona shahar DSI boshlig‘i etib tayinlandi.
T.Toshtemirov 1984 yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2006 yili Toshkent moliya institutini, 2013 yili O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2007 yilda Farg‘ona shahar DSI inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Saribayev Utkirjon Kadirkulovich Sirdaryo viloyati Boyovut tumani DSI boshlig‘i etib tayinlandi.
U.Saribayev 1983 yilda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 2005 yili Guliston davlat universitetini, 2009 yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2016 yili Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlaguniga qadar Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Ro‘ziboyev Ravshonbek Quryazovich Toshkent viloyati Parkent tumani DSI boshlig‘i etib tayinlandi.
R.Ro‘ziboyev 1983 yilda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 2009 yili Soliq akademiyasini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2004 yilda Xorazm viloyati Gurlan tumani DSI davlat soliq inspektori vazifasida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Parkent tumani DSI boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.