6 hududda 534 nafar bemor sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 2 avgust kuni ayni paytga qadar O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus ifeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 534 nafari sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Jumladan, bemorlarning  320 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida, 35 nafari Andijon viloyatida, 27 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida hamda 9 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 15 833 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 62 foizni tashkil qilmoqda.

Avvalroq, O‘zbekistonda so‘nggi soatlarda Andijon va Toshkentda 1 nafardan bemor vafot etgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing