58-o‘lim. Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu mamlakatdagi 58-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli M.K. (ayol) Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolangan.

Unga “COVID-19” og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya hamroh kasalliklari bilan og‘rigan.

Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing