500 nafarga yaqin xorijdagi o‘zbekistonliklar charter reyslar orqali mamlakatga olib kelindi

Jamiyat

image

Kecha, 16 may kuni 497 nafar xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari charter reyslar orqali mamlakatga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 16 may kuni ertalab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining koronavirus pandemiyasi munosabati bilan fuqarolarning mamlakatga qaytishi to‘g‘risidagi farmoniga binoan Toshkent — Kuala Lumpur — Singapur — Toshkent charter reysi bilan 237 nafar fuqaro olib kelindi. Ularning aksariyati xorijda tahsil olayotgan talabalar hisoblanadi. Olib kelingan fuqarolarning barchasi 14 kunlik muddatga karantin markaziga yuborilgan.

Shuningdek, ushbu kunda Toshkent — Rostov-Don — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reyslar amalga oshirdi. Unga ko‘ra, 260 nafar O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga olib kelindi. Olib kelinganlarning barchasi karantinga joylashtirilgan.

Avvalroq, Transport vazirligi axborot Transport vazirligi Matbuot xizmati rahbari Navruz Ashurmatov chipta narxlari va charter reyslarda yo‘lga qo‘yilgan epidemiologik xavfsizlik yuzasidan ma’lumot bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 mayigacha xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun o‘ndan ortiq charter reyslar tashkil qilinishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

charter reys

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing