Moskva va Sankt-Peterburgdan Toshkentga qo‘shimcha charter reys qo‘yildi

Jamiyat 4172
image

Sankt-Peterburg-Toshkent va Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reys amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2020 yil sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi (Moskva, Sankt-Peterburg) shaharlaridan Toshkentga charter qatnovlarga erkin sotuv ochilganini ma’lum qiladi”, deyilgan xabarda.

Qo‘shimcha HY 3602 Moskva-Toshkent reysi 23, 24, 25, 30 sentyabr, HY 3602 Sankt-Peterburg-Toshkent reysi reysi 25, 28, 30 sentyabr kuni amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, parvozga faqat 72 soat oldin PZR tahlili topshirganligi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega bo‘lgan O‘zbekiston respublikasi fuqarolari qo‘yiladi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 191
Reyting: 3.1
t
×