24 maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta charter reys amalga oshiriladi (ro‘yxat)
Jamiyat
−
12 may 2020
15307Uzbekistan Airways joriy yilning 24 mayigacha xorijdagi fuqarolarni ortga qaytarish uchun 12 ta charter reys amalga oshiradi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi Matbuot kotibi Navruz Ashurmatov brifing vaqtida mma’lum qildi.
Ashurmatov xorijiy mamlakatlardan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda milliy aviakompaniya vakillari tomonidan Vatanga qaytish istagini bildirgan fuqarolarning ro‘yxatlari shakllantirilgan.
Xorijdagi fuqarolarni olib kelish uchun joriy yilning 11 mayidan 24 mayiga qadar amalga oshiriladigan reyslar jadvali:
13 may. Toshkent - Istanbul - Toshkent soat 7:40
14 may. Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent soat 8:35
15 may. Toshkent - Dehli - Toshkent soat 12:00
16 may. Toshkent - Rostov-Don - Toshkent soat 11:00
17 may. Toshkent - Qozon - Toshkent soat 11:00
18 may. Toshkent - Moskva - Toshkent soat 7:20
19 may. Toshkent - Sankt-Peterburg - Toshkent soat 8:35
20 may. Toshkent - Moskva - Toshkent soat 7:20
21 may. Toshkent - Istanbul - Toshkent soat 7:40
22 may. Toshkent - London - Toshkent soat 14:00
23 may. Toshkent - Novosibirsk - Toshkent soat 13:00
24 may. Toshkent - Sharja - Toshkent soat 11:00.
Amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu ro‘yxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi.
Ro‘yxatga birinchi navbatda касал yoki bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.
Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr