50 dan ortiq farmon va qaror: Turkmanistonda ommaviy kadrlar o‘zgarishi bo‘ldi
Olam
−
16 fevral 5149 2 daqiqa
Joriy yilning 13 fevral kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat lavozimlariga tayinlov va lavozimdan ozod etishlar bo‘yicha 50 dan ortiq farmon va qarorni imzoladi. Bu haqda “Orient.tm” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh vazir o‘rinbosarlari Mammedxon Chakev, Bayramgul Orazdurdiyeva va Botir Omonov lavozimidan ozod etilgan. Ularning o‘rniga “Turkman dengiz va daryo transporti” agentligi sobiq raisi Botir Annayev, Turkman davlat arxitektura-qurilish instituti sobiq rektori Botir Mammedov hamda “Turkmenneft” davlat konserni sobiq raisi Guvanch Agajanov tayinlangan.
Shuningdek, bir qator vazirlik va idoralar rahbarlari ham ishdan olingan. Xususan, Murod Mammedov Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vaziri lavozimidan pensiyaga chiqishi munosabati bilan ozod etilgan. Uning o‘rniga Murodberdi G‘oyipov tayinlangan.
Chorigeldi Boboniyozov atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri lavozimidan bo‘shatilgan. Uning o‘rnini Avezgeldi Goshjanov egallagan.
Bekmurod Otayev Turkmaniston Oziq-ovqat sanoati davlat birlashmasi raisi lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Bayramdurdi Tejenov tayinlangan.
Bundan tashqari, Turkmanistonda Avtomobil yo‘llarini boshqarish davlat agentligi negizida Avtomobil yo‘llari vazirligi tashkil etilgan. Unga Xonkeldi Karimov rahbar bo‘lgan.
Ashirguli Begliyev neft-gaz masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi lavozimidan pensiyaga chiqishi munosabati bilan ozod etilgan.
Shuningdek, Berdimuhamedov Turkmanboshi, Turkmanobod, Mari shaharlari hamda qator tumanlar hokimlarini ham almashtirgan.
Eslatib o‘tamz, avvalroq Serdar Berdimuhamedov Milliy xavfsizlik vaziri Nazar Atagarayevni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilgani va yangi vazir etib general-mayor Dovletgeldi Meredov tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiShayxontohur tumanida xonadon yonmoqda
16 fevral