5 yoshli bola 6-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 13 aprel kuni Qozog‘istonning Stepnogor shahrida 5 yoshli bola ko‘p qavatli uyning 6-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi. Bu haqda Aqmola viloyati politsiya departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, bola og‘ir tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Mazkur holat yuzasidan politsiya tomonidan tergov harakatlari boshlangan, voqeaning barcha sabablari va holatlari aniqlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil hududda bolalarning derazadan tushib ketishi bilan bog‘liq 5 ta holat qayd etilgan, ulardan biri o‘lim bilan yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqarib, videoga olgan ayol ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga yuborilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston 5 yoshli 6-qavat Stepnogor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing