5 ta davlat Eronni Isroilga tahdid qilmaslikka chaqirdi
Olam
−
13 avgust
13525Britaniya, Germaniya, AQSH, Italiya va Fransiya Eron hukumati Isroilga hujum bilan tahdid qilishni bas qilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda ushbu davlatlar rahbarlarining telefon suhbatlari yakunlari bo‘yicha e’lon qilgan qo‘shma bayonotida aytiladi.
“Biz Isroilni Eron tajovuzi va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan terroristik guruhlar hujumlaridan himoya qilishni qo‘llab-quvvatlashni bildirdik. Biz Eronni Isroilga qarshi harbiy hujum tahdidlarini to‘xtatishga chaqirdik va bunday hujumning mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy oqibatlarini muhokama qildik”, deyiladi hujjatda.
Tomonlar, shuningdek, G‘azo sektoridagi keskinlikni yumshatish va HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumot uchun, Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning o‘limi va “Hizbulloh” harakati harbiy qanoti qo‘mondonlaridan biri Fuad Shukrning Bayrutda o‘ldirilishi ortidan Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashdi. Eron, HAMAS va “Hizbulloh” voqeada Isroilni aybladi va buni javobsiz qoldirmasliklarini bildirdi. 12 avgust kuni “Fox News” o‘z manbalariga tayanib, Eron Isroilga 24 soatdan kamroq vaqt ichida hujum qilishi mumkinligini xabar berdi.
LiveBarchasi