5 sentyabrdan juma namozini masjidda o‘qishga ruxsat beriladi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2020
6155O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi.
Qaror bilan 2020 yil 5 sentyabrdan boshlab diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Bunda ushbu ob’ektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:
• jamoaviy ibodatni o‘tkazish uchun tashrif buyuruvchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani ta’minlash;
• diniy tashkilotlar xodimlari va tashrif buyuruvchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi;
• sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
• har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
• bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish.
• tana harorati 370S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslik;
• diniy tashkilotlarga kirish va chiqish joylarida aholining to‘planishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik;
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023