5 mamlakatdan O‘zbekistonga qaytganlar karantinga olinmasligi belgilandi

Jamiyat

image

Biroz avval, "O‘zbekiston havo yo‘llari" AJ muntazam xalqaro aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yayotgani, 4 sentyabrdan BAA, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiyaga parvozlar amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik. Xo‘sh, koronavirus pandemiyasi davrida ushbu mamlakatlarga ketish va ulardan qaytishda yo‘lovchilardan nimalar talab etiladi? Samolyot orqali O‘zbekistonga qaytganlar karantinga olinadimi? 

"Uzbekistan Airways " AJning ma’lum qilishicha, yuqoridagi mamlakatlardan "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining reyslarida O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar parvozdan 72 soat oldin amal qiladigan, COVID-19 testining salbiy natijasi bo‘lgan sertifikatni taqdim etishlari talab qilinadi. Sinovning salbiy natijasi bo‘lmagan taqdirda, yo‘lovchilar parvozlar uchun ro‘yxatga olinmaydi. 

Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiyadan muntazam reyslar bilan kelgan yo‘lovchilar, agar COVID-19 uchun PSR test natijalari salbiy bo‘lgan sertifikatga ega bo‘lsa, termometriyadan o‘tishlari va o‘zlarini 14 kun izolyatsiya qilish majburiyati bilan anketani to‘ldirishlari kerak bo‘ladi: 

•    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - doimiy yashash joyida
•    Chet el fuqarolari uchun - O‘zbekistonda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish joyida. 

Kelgandan keyin isitmasi yoki boshqa alomatlari bo‘lgan yo‘lovchilar Toshkent aeroportida ko‘rikdan o‘tkaziladi. PSR testining ijobiy natijasi bo‘lgan yo‘lovchilar davolanish uchun shifoxonaga yotqiziladi. 

“Iltimos, shuni e’tiborga olingki, agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yuqoridagi mamlakatlarga uchishni xohlasalar, boradigan mamlakatda sanitariya talablarini mustaqil ravishda aniqlab olish va aviachipta sotib olishdan oldin, yuqorida ko‘rsatilgan mamlakatlarga kirish huquqini beradigan tegishli asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilish kerak”, deyiladi "Uzbekistan Airways " AJ xabarida. 


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways

Baholaganlar

455

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing