5 kunga qamalgan “Asalhoney” muddatidan oldin qamoqdan chiqdi

Jamiyat

image
“Asalhoney” nega qamaldi? north_east

“Asalhoney” nega qamaldi?

Xabaringiz bor, 31 oktyabr kuni fuqaro Instagram`da “Asalhoney” nomi bilan tanilgan Asal Xo‘jayevaga sud qarori bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir necha moddalari bilan jarima va 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Biroq, Asalhoney bir-ikki kun o‘tib Bigo Live ijtimoiy tarmog‘ida jonli efir qilgani hammani birdek o‘ylantirib qoldi.

Huquqbuzar Asal Xo‘jayeva Toshkent shahar sudiga shikoyat kiritgan va sud qarori bilan avvalgi hukm o‘zgartirlgan. Xo‘jayeva esa ozod qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 oktyabr kuni fuqaro Abdullayev Murodjon “Asalhoney” niki bilan tanilgan Xo‘jayeva Asal ismli shaxsga qo‘ng‘iroq qiladi. Yigit suhbat davomida Xo‘jayeva Asalga qilayotgan ishlari yaxshi emasligi, yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytadi.

Ammo fuqaro Xo‘jayeva uning so‘zlariga xaqorat bilan javob qaytaradi. Bu ham kamdek, qo‘ng‘iroq jarayonini videotasvirga olib, Instagram’dagi o‘z sahifasiga joylashtiradi. O‘z navbatida, ushbu videotasvirlar internet tarmog‘i orqali tarqalgach, M.A.ga turli odamlar qo‘ng‘iroq qilib uni xaqoratlaydi. Jabrlanuvchi mazkur holat yuzasidan  Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudiga shikoyat qiladi.

Sud Asal Xo‘jayevaga MJTKning 41-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida, ya’ni 4 mln 460 ming so‘m jarima jazosi, shuningdek, 183-moddaga asosan uzil-kesil 5 sutka qamoq jazosi tayinlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Asalhoney

Baholaganlar

1347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing