“Asalhoney” nega qamaldi?
Intervyu
−
03 noyabr 2020
87971Xabaringiz bor, kecha Ma’muriy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida “Asalhoney” nomi bilan tanilgan Asal Xo‘jayeva ustidan tushgan ariza yuzasidan sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sud qarori bilan unga nisbatan MJKning 183 va 41-moddalariga asosan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
QALAMPIR.UZ muxbiri Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB 2-sonli IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i Sarvar Jumboyevga mazkur ma’muriy ish yuzasidan bir nechta savollar bilan murojaat qildi.
Sarvar Jumaboyev, 2-sonli IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i: — Xo‘jayeva Asal Matyoqubovnaga nisbatan ma’muriy tartibda ish ko‘rib chiqildi. Sud davomida Asal Xo‘jayevaning shu kungacha qilib kelgan faoliyati bo‘yicha va arizachiga nisbatan qo‘pol muomalasi yuzasidan to‘plangan hujjatlar Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudiga yetib keldi. Bu ish ko‘rib chiqilib, hozirgi kunda Asal Xo‘jayevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJKning 41 va 183-moddalari bo‘yicha unga 5 kunlik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Sudda ko‘rib chiqilgan holat bo‘yicha to‘xtalib o‘tsak. Kuni kecha fuqaro Abdullayev tomonidan 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilingan. Abdullayev Asal Xo‘jayeva uni haqorat qilgani, har qancha tushuntirishga harakat qilinmasin u bilan murosa qilib bo‘lmaganini aytib o‘tgan. Shu holat yuzasidan profilaktika inspektorlari Asal Xo‘jayevani chaqirilgan. 2-sonli IIB da suhbat davomida Xo‘jayeva tomonidan haqoratli so‘zlar va tungi vaqt bo‘lishidan qatiy nazar baland ovozda gapirib yon-atrofdagilarni bezovta qilish holatlari kuzatildi. Shu sababli ham unga qo‘shimcha mayda bezorilik bo‘yicha ham alohida modda qo‘llanildi.
Feruza Najmiddinova, jurnalist: — Shu vaqtgacha Asal Xo‘jayevaning qo‘shnilari uning ustidan shikoyat qilishganmi?
S.J.: — Asal Xo‘jayevaning yashash manzili shu kungacha o‘rganilgan. Shu vaqt davomida unga vaqtincha ro‘yxat yoki ijara shartnomasi qonunlashtirib qo‘yilgan. Yashash joyi bo‘yicha qo‘shnilari tomonidan hech qanday shikoyat qilinmagan.
F.N.: — Bir ayolni fohishalik bilan shug‘ullanishini bilsa, unga nisbatan hech kim shikoyat qilmasa, qaysi holatlarda uni qo‘lga olish mumkin?
S.J.: — Fuqarolarni og‘zaki yoki yozma ariza yozishi shart emas. Mahalla nozirlarining yordamchilari tomonidan yoki qo‘shnilar tomonidan kelib-ketayotganligi to‘g‘risida har qanday xabar tushsa, u xabar yuzasidan o‘sha yerning o‘zida tadbirlar o‘tkaziladi. Agarda u xabar tasdiqlansa, shu masala bo‘yicha xizmat tashkillashtirilib, uni profilaktika inspektori bildirgi orqali murojaat qilib, kirib-chiqqan fuqarolarning gap-so‘zlari, xatti-harakatlari buni tasdiqlasa, u fuqaroga nisbatan albatta 183-modda bo‘yicha javobgarlik qo‘llaniladi. Shu kungacha ushbu modda bo‘yicha bizga og‘zaki yoki yozma ravishda hech qanday murojaat kelib tushmagan.
F.N.: — Asal Xo‘jayevaning Instagram, Telegram, Youtube tarmog‘idagi chiqishlari fohishalik ayblovi bilan qo‘lga olinishiga asos bo‘la oladimi?
S.J.: — Yo‘q. U asos bo‘la olmaydi. Sababi bu o‘zining shaxsiy sahifasi. Xuddi aytayotganingiz 190-modda yuzasidan ishlar olib boriladi. Lekin daliliy ashyo bo‘lmasa biz uni qo‘lga ololmaymiz.
LiveBarchasi