“Asalhoney” ma’muriy javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
02 noyabr 2020
82814Joriy yilning 31 oktyabr kuni fuqaro Abdullayev Murodjon “Asalhoney” niki bilan tanilgan Xo‘jayeva Asal ismli shaxsga qo‘ng‘iroq qiladi. Yigit suhbat davomida Xo‘jayeva Asalga qilayotgan ishlari yaxshi emasligi, yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytadi. Bu haqda Qalampir.uz muxbiri xabar qilmoqda
Ammo A.X uning so‘zlariga haqorat bilan javob qaytaradi. Bu ham kamdek, qo‘ng‘iroq jarayonini videotasvirga olib, Instagram’dagi o‘z sahifasiga joylashtiradi. O‘z navbatida, ushbu videotasvirlar internet tarmog‘i orqali tarqalgach, M.A ga turli odamlar qo‘ng‘iroq qilib uni haqoratlaydi. Jabrlanuvchi mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudiga shikoyat qiladi.
Sud voqeani batafsil o‘rganib chiqib shunday xulosaga keldi:
Xo‘jayeva Asal Matyoqubovna O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) hamda 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topildi. Asal Xo‘jayevaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida, ya’ni 4.460 ming so‘m jarima jazosi, shuningdek, 183-moddaga asosan uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi