5 kunda 27 foiz. Birjada shakar yana arzonlashdi

Jamiyat

image
Yaxshi pul topsam, navbatda turmasdim – shakarga “ochered”da turganlarning dardi north_east

Yaxshi pul topsam, navbatda turmasdim – shakarga “ochered”da turganlarning dardi

Kecha, 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining ertalabki savdo sessiyasida o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra shakarning narxi avvalgi kunga nisbatan yana 123,8 so‘mga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uchun 10 mln 631,1 ming so‘mni tashkil qildi.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu savdolarda shakar bo‘yicha shakllangan minimal narx mahsulotning bir tonnasi uchun 9 mln 700 ming so‘m atrofida qayd etildi.

2022 yil 10-15 iyun savdo kunlarida shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun jami 14 mln 554,5 ming so‘mdan 10 mln 631,1 ming so‘mgacha, ya’ni 27 foizga pasaygan.

Eslatib o‘tamiz, 10-14 iyun kunlari birjada o‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijalariga ko‘ra shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 mln 554,5 ming so‘mdan 10 mln 754,9 ming so‘mgacha, ya’ni 26,1 foizga pasaygandi.


Maqola muallifi

Teglar

shakar

Baholaganlar

352

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing