5 kg simobni $240 mingga pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida 5 kg simobni 240 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi kafelarning birida muqaddam o‘g‘rilik va bosqinchilik kabi jinoyatlar bilan sudlangan 1983 yilda tug‘ilgan shaxs xaridorga O‘zbekiston hududida erkin aylanmasi ta’qiqlangan yarim kg simob moddasini 15 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan. Gumonlanuvchi kelishilgan pullardan 4 ming dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. 

Yana bir tezkor tadbir davomida esa G‘ijduvon tumanining “Zarangar” qishlog‘ida yashovchi 1961 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z hovlisidagi asalari qutilari ichida 5 kg simobni yashirib kelayotgani aniqlangan. U ushbu zaharli moddaning har bir kilogrammini 40 ming dollardan, jami 240 ming dollarga sotishni reja qilgan. Tadbir davomida undan yashil rangli shisha idishda 5 kg simob moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-1- moddasi (rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda o‘tkazish qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.   

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida qariyb 20 kg simobni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Buxoro tezkor tadbir simob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing