5 iyundan o‘quv markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi
Jamiyat
−
04 iyun 2020
15251O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining galdagi qarori bilan, joriy yil 5 iyundan “yashil” hududlarda “sariq” hududlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarga ruxsat berilmoqda:
• individual shug‘ullanish uchun trenajer zallari va basseynlar faoliyatiga (karantin qoidalariga rioya etgan holda);
• madaniyat ob’ektlari (teatrlar) faoliyatiga, individual va jamoaviy repetitsiyalar o‘tkazish sharti bilan (30 kishidan ko‘p bo‘lmagan), tomoshabinlar va tashrif buyuruvchilarga ruxsat bermagan holda, spektakllarni onlayn rejimida yoki televideniye orqali translyatsiya qilish yo‘li bilan.
Shuningdek, 5 iyundan “yashil” hududlarda ta’lim markazlari, to‘garaklar faoliyatiga ruxsat berildi.
Bunda darslar 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda tashkil etilishi kerak.
Shuningdek, xodimlar va bolalarning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalarni mashg‘ulotlar chetlatish, shuningdek, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr