48 yoshli Oksana Chusovitina yana bir oltin medalga ega chiqdi
Sport
−
04 Sentabr 2023
8366O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Turkiyaning Mersin shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 3 sentyabr kuni O‘zbekiston vakilasi Oksana Chusovitina 13,067 ball to‘plagan holda mahalliy sportchilar Bengisi Yildiz (12,950) va Choren Biner (12,950)larni ortda qoldirib, oltin medalga ega chiqqan.
Shuningdek, o‘sha kuni erkaklar o‘rtasidagi tayanib sakrash dasturida o‘zbekistonlik sportchi Abdulaziz Mirvaliyev 14,475 ball bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan. Birinchi va uchinchi o‘rinlar ukrainalik Nazar Chepurniy (14.900) hamda Igor Radivilov (14.450)larga nasib qilgan.