43 nafar noqonuniy konchi shaxta qulashi oqibatida halok bo‘ldi
Olam
−
29 iyun 2019
5357Kongo Demokratik Respublikasida shaxtanining o‘pirilib tushishi natijasida 43 nafar noqonuniy konchilar halok bo‘lishdi.
Mahalliy nashrlarning ma’lum qilishicha, hodisa mamlakatning Lualaba provinsiyasida bo‘lib o‘tgan. Shaxta shirkatning uran loyihalariga qiziqishi sabab yopib qo‘yilgan edi. Ammo u yerda muntazam ravishda “soxta ma’danchilar” faoliyat ko‘rsatishgan.
Shaxta o‘pirilib tushganda, uning ichida o‘nlab odamlar bo‘lgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 43 kishini tashkil etmoqda.
Provinsiya gubernatori Rishar Muyedj Manges Mans baxtsiz hodisadan so‘ng xalqqa murojaaat qilib, mamlakat hududidagi shaxtalardan noqonuniy tarzda tarzda foydalanmaslikka chaqirdi.
LiveBarchasi