O‘zbekiston Kongo DRga ham yutqazdi

Sport

image

Bugun, 28 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DRga qarshi kechgan bahsda 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv O‘zbekiston uchun omadli boshlandi. Hisob 10-daqiqada Eldor Shomurodov tomonidan ochildi. Terma jamoa sardori aniq zarba bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda Kongo DR o‘yinni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. 68-daqiqada Yoan Vissa hisobni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng afrikaliklar bosimni yanada kuchaytirdi va 78-daqiqada Fiston Mayele hal qiluvchi golni kiritib, Kongo Demokratik Respublikasini oldinga olib chiqdi. 90+1 daqiqada Yoan Vissa o‘yindagi 3-goni kiritib bahsda yakun yasadi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan yakunladi va guruhda 0 ochko bilan so‘ngi pog‘onani egalladi. Kongo Demokratik Respublikasi esa eng yaxshi 3-o‘rinlar reytingi bilan pley-offga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing