4 yashar tarbiyalanuvchisi daryoga cho‘kib ketgan bog‘chada millionlar “rastrata” qilingani aniqlandi
3-sahifa
−
07 Sentabr 2022
15648Avvalroq Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 4 yashar bog‘cha bolasi tarbiyachilarning beparvoligi tufayli daryoga cho‘kib, vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi mazkur holatga munosabat bildirib, bog‘chada qariyb 25 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilinganini ma’lum qildi.
BPga ko‘ra, DMTTning moliyaviy faoliyati o‘rganilganda, tarbiyalanuvchilar uchun sarflanishi lozim bo‘lgan 24,3 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilinganligi ham aniqlangan.
Qayd etish kerakki, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) hamda 167-moddasi 2-qismi “g” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi