4 ta terma jamoa muxlislari JCHga borolmasligi mumkin

Sport

image

Gaiti, Eron, Kot-d’Ivuar va Senegal terma jamoalarining muxlislari AQSHga kirish taqiqi sababli 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati o‘yinlariga borolmasligi mumkin. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozircha istisnolar faqat futbolchilar, murabbiylar va rasmiy delegatsiyaning boshqa a’zolariga tegishli. FIFA prezidenti Janni Infantino AQSH Davlat departamenti bilan hamkorlikda ishga tushirilgan FIFA Pass tizimini e’lon qilgan edi. Bu tizim Jahon chempionati o‘yinlariga borishni rejalashtirayotgan muxlislar uchun viza jarayonini tezlashtirishga qaratilgan. Biroq yuqorida tilga olingan to‘rt mamlakat muxlislari va ularning milliy futbol federatsiyalari AQSH shaharlarida o‘tkaziladigan o‘yinlar tufayli hanuz vizasiz qolish xavfi ostida.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati birinchi marta 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Hozirda AQSH 30 ta mamlakat fuqarolarining mamlakatga kirishini qisman yoki to‘liq taqiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadi. Ular Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jahon chempionati Janni Infantino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing