4 nafar o‘zbekistonlikni qul qilgan ona-bola qo‘lga olindi

Olam

image

Rossiyaning Moskva viloyatida yashovchi tojikistonlik ona va bola to‘rt nafar o‘zbekistonlikni qul qilib olgani aniqlandi. Ona-bola o‘zbekiston fuqarolarini o‘z dalasida ishlashga majburlagan. Bu haqda “Vesti” xabar berdi.

Voqea Serpuxov tumanida sodir bo‘lgan. 29 yoshli yigit O‘zbekistondan 4 nafar erkakni olib kelgan. U 15 kunlik mehnat uchun 250 dollardan pul to‘lashni va’da qilgan. Biroq va’dasini bajarmagan. Bu ham yetmaganiga ularning pasportlarini ham olib qo‘yishgan.

51 yoshli ona kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish bahonasi bilan ularning pasportini olib qo‘ygan. Shundan so‘ng, noqonuniy migrantlar chorasiz qolib, faqatgina ovqat uchun ishlashga majbur bo‘lgan.

Erkaklar 1 oydan oshiq vaqt davomida tekinga qishloq xo‘alik mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullangan, keyin politsiya bo‘limiga borishning imkonini topgan.

Mazkur jinoyatlari uchun ona va bola 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bundan tashqari, tergovchilar tojikistonlik ona-bola migrantlarni bir necha marta laqillatganini taxmin qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya majburiy mehnat

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made