$356 mingni Tojikistonga olib chiqib ketayotgan ayollar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Kazarma” soddalashtirilgan o‘tish punkti orqali ko‘p miqdordagi valyuta qimmatliklarini Tojikistonga noqonuniy olib chiqib ketishga uringan 2 nafar fuqaro ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtida Bekobod shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayolning yonida 166 ming AQSH dollari va uning sherigi, 1994 yilda tug‘ilgan ayolning yonida esa 190 ming AQSH dollari, jami 356 ming AQSH dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Aniqlanishicha, ular tojikistonlik Mahmud ismli shaxsning iltimosiga ko‘ra xorijiy valyutani Bekobod shahrida noma’lum shaxslardan olib, o‘z kiyimlariga yashirgan holda, ma’lum bir xizmat haqi evaziga Tojikiston Respublikasiga olib chiqib ketayotgan bo‘lishgan. 

DXXga ko‘ra, hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu valyuta qimmatliklarining haqiqiy egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

299

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing