35 yillik tajribaga ega tibbiyot xodimi koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali nevrologiya bo‘limining katta hamshirasi Zulfiya Jumaniyazova koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning salomatligini tiklash yo‘lida vafot etdi.

Zulfiya Jumaniyazova 1964 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ildi. 1984 yilda Moskva shahridagi tibbiyot bilim yurtini tugatib, o‘z mehnat faoliyatini U.Xalmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jonlantirish bo‘limida hamshira bo‘lib ishlashdan boshladi. 1996-2001 yillarda akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nukus filialida katta hamshira bo‘lib ishladi. 2001 yildan esa respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialining dastlab jonlantirish bo‘limida, so‘ngra nevrologiya bo‘limining katta hamshirasi bo‘lib ishlab keldi.

Oliy toifali hamshira Zulfiya Jumaniyazova mamlakatda tibbiyot tizimini rivojlantirish, undagi islohotlarni hayotga tatbiq etish, aholi salomatligini mustahkamlashda, nogironlikning oldini olish borasida fidoyi mehnat qilib kelayotgan xodimlardan biri edi.

O‘z kasbining fidoyisi, yoshlarning sevimli ustozi bu yorug‘ dunyoni tark etdi. Izida uch nafar farzandi, ko‘plab shogirdlari qoldi. U 35 yillik mehnat faoliyati davomida yosh hamshiralarga kasbga sadoqat namunasini ko‘rsatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

410

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing