300 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
30 avgust 2020
9718O‘zbekistonlik 287 nafar fuqaro Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketdi.
Vatandoshlar 14 kunlik karantindan so‘ng, belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob’ektlarida ish boshlaydi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta’minlanishi, shuningdek, oylik ish haqi o‘rtacha 40-60 ming rublni tashkil etishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya Federatsiyasi ish beruvchilari o‘rtasida pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash maqsadida muzokaralar o‘tkazilib, Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida 4 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan, ularga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Ayni paytda ishlash istagidagi fuqarolar zavod qurilishi uchun bosqichma-bosqich jo‘natilmoqda.
Bu zavod qurilishida ishlash uchun 31 iyulda 144 nafar, 12 avgustda 84 nafar fuqaro ham tashkillashtirilgan holda yuborilgan edi.
LiveBarchasi