30 yoshli erkak o‘zining 12 qarindoshini o‘ldirdi

Olam

image

Eronning Kirmon viloyatida 30 yoshli erkak 12 nafar qarindoshini otib o‘ldirdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, Eron janubidagi Kirmon viloyatida dahshatli qotillik yuz bergan. Mulkiy kelishmovchiliklar tufayli 30 yoshli erkak o‘gay akasi bilan nizolashib, qo‘liga qurol olgan hamda otasi, akasidan tortib ayollar va yosh bolalargacha otib tashlagan.

Kirmon viloyati politsiya boshlig‘i Nosir Farshid voqea yuzasidan bergan bayonotida erkak oila a’zolari bilan janjallashib, Faryob qishlog‘idagi xonadonida yashovchi yaqinlarini o‘ldirishda Kalashnikov avtomatidan foydalanganini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng, gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgan, ammo politsiya xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv natijasida ushlangan. Gumonlanuvchi esa qo‘lga olish vaqtida yuzaga kelgan otishmada halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Eronning Sirkan shahrida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Eron 30 yoshli erkak 12 qarindoshi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing