30 nafar talabaning o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Farg‘ona viloyatida 30 nafar talabaning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar Sh. I., M.A., J.O. va N.U. fuqaro M.dan Qirg‘izistondagi O‘sh davlat universitetida tahsil olayotgan 30 nafar talabaning o‘qishini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirib berishga va’da bergan.

Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sh.I., M.A., J.O. va N.U. fuqaro M.dan xizmati evaziga 67 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Farg'ona

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing