Kun oxirida koronavirusga chalinganlar 30 nafarga oshdi
Jamiyat
−
06 iyun 2020
100532020 yil 6 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 nafarga oshib, 4094 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 19 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolari orasida, 4 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, yana 3 nafari Andijon viloyatida (1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari Qirg‘iziston Respublikasidan chegara post orqali kelgan), 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatida ishlovchi qozog‘istonlik fuqaroda aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 3268 (+21) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (79 foizi) sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 809 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi