3 g‘ildirakli Nexia va konditsionerli Damas bilan shov-shuv ko‘targan blogerlar jazolandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chada ketayotib rul ustida osh yegan va keyinchalik mashinasiga ofis konditsionerini o‘rnatgan va 3 g‘ildirakli avtomobilni haydab, shov-shuv ko‘targan blogerning videolari tarqalgan edi. Holat yuzasidan viloyat YHXB munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Damas haydovchisi avtomobilga ofis va xonadonlar uchun mo‘ljallangan konditsionerni o‘rnatib, shaharning gavjum ko‘chalarida harakatlangan.

Shuningdek, yana bir bloger tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar jamoatchilik e’tiboriga tushgan. U avtomobil boshqaruv vaqtida rulga lagandagi oshni qo‘ygan va uni yegan holda harakatlangan.

Yana bir holatda esa haydovchi Nexia rusumli avtomobilning bir g‘ildiragini ataylab yechib olib, mashinani uch g‘ildirak bilan boshqardi.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan haydovchilarga nisbatan, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Avtomashinalar esa jarima maydoniga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Damas Nexia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing