25 mayda Toshkentdagi 7 ta ko‘cha qisman yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi bir nechta ko‘chalar “Mo‘ynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoni o‘tkazilishi munosabati bilan ertaga, 25 may kuni soat 9:30dan 11:30 gacha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Vaqtincha yopiladigan ko‘chalar:

1) Afrosiyob ko‘chasi — “O‘zbekiston” metro bekatidan Nukus ko‘chasigacha (Shox Med Center klinikasi);

2) Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasigacha;

3) Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Qorasaroy ko‘chasigacha;

4) Qorasaroy ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan “Hazrati Imom” majmuasigacha;

5) Zarqaynar ko‘chasi — Qorasaroy ko‘chasidan O‘zbek davlat sirkining pastidagi tunnelgacha;

6) Furqat ko‘chasi — O‘zbek davlat sirkining pastidagi tunneldan Islom Karimov shohko‘chasigacha;

7) Islom Karimov shohko‘chasi – Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha.

Ushbu yo‘l qismlarida tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing