240 ming dollarni O‘zbekistondan yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
14:36 547 1 daqiqa
Toshkent viloyatida ikki nafar fuqaroning qo‘shni davlatga 240 ming AQSH dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutani noqonuniy olib chiqishga urinishi aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolar “Navoiy” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga piyoda chiqib ketayotgan vaqtida xatti-harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng, ular xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida fuqarolarning oyoqlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan jami 240 ming AQSH dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida bolalardan foydalangan holda tilla quymalari va yirik miqdordagi naqd valyutani mamlakatdan noqonuniy olib chiqishga urinishlar aniqlangan edi.
Live
Barchasi